06:49 / 18.08.2015
2854

AQSh Davlat departamenti Ukrainaga faqat noqirg‘in qurol-aslaha yuborayotganini ma'lum qildi

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Jon Kirbi AQSh Ukrainaga faqat noqirg‘in ko‘mak ko‘rsatayotganini e'lon qildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

“Hozirda bizning yordamimiz hali ham noqirg‘in xarakterda bo‘lmoqda”, deb aytdi Kirbi.

Kirbi Vashingtonning Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha munosabati o‘zgarmaganini, AQSh mojaroning barcha tomonlarini Minsk kelishuvlarini bajarishga chaqirayotganini qo‘shimcha qildi.

Kirbi AQSh Donbassdagi vaziyatning keskinlashishiga Rossiya va ayirmachilarni javobgar deb bilishini aytdi.

Avvalroq Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Aleksey Pushkov AQSh Ukrainaga qirg‘in qurollari yuborayotganini tasdiqlashi yoki inkor etishini talab qilgan edi. 

Top