01:36 / 18.08.2015
3148

AQSh Davlat kotibining rafiqasiga tegishli Heinz kompaniyasida ommaviy qisqartirishlar amalga oshirilmoqda

Taniqli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Kraft Heinz kompaniyasi AQSh va Kanadadagi 2500 xodimini qisqartirishini e'lon qildi. Bu qiymat kompaniyaning umumiy xodimlari sonidan 5 foizni tashkil qiladi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining rafiqasi Tereza Xeynz Kerrining oilasiga tegishli kompaniya qisqartirishlar hisobiga 1,5 mlrd dollar tejab qolishni rejalashtirmoqda.   

Kompaniya vakilining aytishicha, Heinz rahbarlari va kompaniyaning aksioneri hisoblanadigan Braziliyaning 3G Capital Partners kompaniyasining mansabdor shaxslaridan iborat yangi menejyerlar jamoasi biznesni restrukturizatsiya qilishga qaror qildi.

Kraft Heinz kompaniyasi AQShning 3-raqamli va dunyoning 5-raqamli oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi hisoblanadi.

Top