19:38 / 18.08.2015
2967

Basketbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi a'zolari Yevropa chempionatida qatnashishdan bosh tortishmoqchi

Basketbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi sportchilari mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi Yevgeniy Pashutinga nisbatan ultimatum qo‘ymoqchi. Bu haqda «Izvestiya» nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, o‘yinchilar 5 sentabr kuni boshlanadigan Yevropa chempionatida qatnashishdan bosh tortishni rejalashtirmoqda. Bunday qarorga kelinishiga, yaqinda terma jamoa a'zolari Anton Ponkrashov, Yegor Vyaltsev va Yevgeniy Voronovning jamoa qarorgohidan haydalishi sabab sifatida keltirilmoqda.

Terma jamoa bosh menejyeri Dmitriy Domanning so‘zlariga ko‘ra, bu sportchilarning jarohati bo‘lgani bois, shunday qarorga kelingan. Biroq basketbolchilarning o‘zi va agentlari buni inkor etishmoqda.

Top