00:39 / 18.08.2015
7490

Krishtianu Ronaldu Nyu-Yorkning eng qimmatbaho binosida 18,5 mln dollarga kvartira sotib oldi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Nyu-Yorkning Beshinchi avenyusida joylashgan Trump Tower binosida 18,5 mln dollarga kvartira sotib oldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.  Futbolchining yangi kvartirasining maydoni 233 kvadrat metrni tashkil qilib, osmono‘par binoning yuqori qavatida joylashgan. Undan avval bu kvartirada milliarder Alessandro Proto yashagan.

Kvartira joylashgan 202 metr balandlikka ega 58 qavatlik bino AQShdagi eng qimmatbaho bino deb e'tirof etiladi.

Futbolchining“Real” bilan shartnomasi 2018 yilda o‘z nihoyasiga yetadi. Futbolchi shundan keyin MLS (AQSh oliy ligasi) klublaridan birida o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin. Nyu-Yorkda esa “Nyu-York Red Bullz” va “Nyu-York Siti” klublari bor.

“Tramp-tauer” yoki “Tramp minorasi” deb nomlanuvchi bino milliarder, developer Donald Tramp tomonidan Equitable Life Assurance Company sug‘urta kompaniyasi bilan hamkorlikda qurilgan. Bino qurilishi 1983 yilda yakunlangan. Binoda appartamentlardan tashqari, mehmonxona, ofis uchun xonalar, bar va restoranlar mavjud. 

Top