16:35 / 18.08.2015
6857

O‘zbekistonda kelayotgan dam olish kunlari havo harorati pasayib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin

20-23 avgust kunlari O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati ma'lum qildi.

Mamlakatimiz shimoli – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 21 avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 21-23 avgustda kechasi 13-18° gacha, kunduzi 25-30° gacha pasayadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-23 avgustda kechasi 17-22° gacha, kunduzi 27-32° gacha pasayadi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham hafta oxirida havo haroratining pasayishi kutilmoqda. 22-23 avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 22-23 avgustda 17-22°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

Yurtimizning janubiy viloyatilari – Qashqadaryo va Surxondaryoda ham havo haroratining pasayishi kutilmoqda. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 29-34° gacha pasayadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 22-23 avgustda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi esa 25-30° gacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgarib turadi, 22-23 avgustda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° gacha, kunduzi 20-25° gacha pasayadi.

Top