18:46 / 18.08.2015
4783

O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarish boshqa sohalardan o‘zib ketdi

O‘zbekistonda qurilish materiallari ishlab chiqarish yangi ishlab chiqarish quvvatlarining yaratilishi va eskilarining modernizatsiyasi bo‘yicha boshqa sohalardan o‘zib ketdi.

Iqtisodiyot vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, 2015 yilning birinchi yarmida sohadagi yangi qurilgan yoki modernizatsiya qilingan obektlar soni 660tani tashkil qildi. Bu esa hisobot davrida O‘zbekistonda yangi yaratilgan yoki modernizatsiya qilingan barcha obektlarning uchdan birini tashkil qiladi.

Sohadagi ishlab chiqarish sur'atlarining yillik o‘sishi o‘rtacha 10-12 foizni tashkil qilmoqda. “O‘zqurilishmollari” AK korxonalari qurilish mollarining 30 yangi turini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.

Top