00:39 / 18.08.2015
3945

Shvetsiyalik psixolog bolalarni allalovchi kitob yozdi

Shvetsiyalik psixolog va tilshunos Forssen Erlin bolalarga tinchlantiruvchi va “allalovchi” ta'sir ko‘rsatuvchi “Uxlashni istayotgan quyon” (The Rabbit Who Wants To Fall Asleep) deb nomlangan bolalar kitobini yozdi, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

26 sahifadan iborat kitobni o‘qish paytida ota-onalarga kitobning ba'zi joylarda esnash, belgilangan so‘zlarni balandroq ovoz bilan ajratish, kursiv bilan yozilgan jumlalarni esa sekin va ohista ovozda o‘qish kerakligi tavsiya qilinadi.

Kitob muallifi o‘z asariga shunday izoh bermoqda: “Men bu kitobni yaratish uchun 3,5 yil sarfladim. Kitobda qo‘llaniladigan psixologik uslublar bolaga o‘zini bo‘sh his qilib, o‘zini kitobdagi voqeaning bir qismidek his qilishiga yordam beradi va u voqea oxirida quyoncha bilan birga uyquga ketadi. Voqea davomida Esnoq bobo va ko‘zlari yopishib ketuvchi Boyo‘g‘li kabi qahramonlar uchraydi”.

Ushbu kitobni xarid qilayotgan ota-onalar u haqiqatda yordam berayotganini tasdiqlashmoqda. Ko‘pchilik ularning farzandlari kitobni o‘qish boshlangandan 10 daqiqa o‘tiboq uyquga ketayotganlarini aytishmoqda.

Top