16:18 / 18.08.2015
12239

Qalloblar abituriyentlarga test javoblarini bilish uchun soxta raqamlar taklif qilishdi

Oliy o‘quv yurtlariga topshirilgan imtihon natijalarining shu paytgacha e'lon qilinmagani turli gap-so‘zlarga sabab bo‘lishi bilan bir qatorda firibgarlik holatlarini ham keltirib chiqarmoqda. Jumladan, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda bir xabar tarqatildi. Unda aytilishicha, test natijalari chiqqan va go‘yoki ular bilan tanishish mumkin. Abituriyentlarga bir raqam ko‘rsatilib, o‘sha orqali natijalarni bilish mumkinligi aytildi.

“Test natijalari chiqdi. *122*998935750401# tering va chaqiruv tugmasini bosing. SMS xabardan so‘ng DTM qog‘ozidagi kodni kiriting. Test natijalarini bilish narxi 10 dollar”, – deyiladi ushbu xabarda.

Bu xabar dastlab Facebook’dagi Potrebitel.uz guruhida joylashtirildi, so‘ng o‘chirib tashlandi. Ayrim foydalanuvchilar bu qalloblar ishi ekanligini, ular vaziyatdan foydalanib telefon orqali odamlardan pul undirmoqchi bo‘layotganidan ogohlantirishdi.

Bundan tashqari, DTM sinov natijalarini bekor qilgani, imtihonlar boshqatdan o‘tkazilishi haqida mishmishlar tarqatildi.

Top