18:45 / 18.08.2015
2463

Qoraqalpog‘istonda biolabaratoriyalar bilan 3,7 mlrd so‘mlik shartnomalar tuzildi

Qoraqalpog‘istonda qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalardan biologik usulda himoyalash maqsadida 65ta biolaboratoriya faoliyat ko‘rsatmoqda. Biolaboratoriyalar binolari mexanizatsiyalashgan liniyalar va boshqa uskunalar bilan ta'minlandi.

2015 yilda ekilgan va ekiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlarini biologik va kimyoviy usulda himoya qilish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari bilan otryad va biolaboratoriyalar tomonidan jami 3 mlrd 784,4 so‘mlik shartnomalar tuzildi. Mavjud biolaboratoriyalar biomahsulotlarni ishlab chiqarishlari uchun talab qilinadigan ozuqa bilan ta'minlandi. Natijada zarur bo‘lgan biomahsulotlar ishlab chiqarilib, g‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalardan himoya qilinmoqda.

Top