18:59 / 18.08.2015
2619

«Real» Kovachichning sotib olinganini e'lon qildi

Madridning «Real» klubi Italiyaning «Inter» jamoasi yarimhimoyachisi Mateo Kovachichni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar qoldirilgan.

21 yoshli yarimhimoyachi klub bilan 6 yillik shartnomaga imzo chekkan. Futbolchi ertaga madridlik muxlislar oldida tanishtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, «Real» futbolchi uchun 28 million yevro va 7,5 million yevro bonus ko‘rinishidagi mablag‘ taklif qilayotgani haqida xabar tarqatilgandi.

Agar Kovachich joriy mavsumda «Real» tarkibida 20ta uchrashuvda maydonga chiqsa 2,5 mln, ikki mavsumda 40ta uchrashuv o‘tkazsa esa yana qo‘shimcha 5 mln. yevro «Inter» hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Top