18:54 / 18.08.2015
2928

Xitoyda ekomobillar ishlab chiqarish hajmi 300 foizga ortdi

2015 yilning yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, Xitoy poytaxtida yangi energiya manbalarida ishlovchi avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 2014 yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 3,2 barobar ortib, 11 ming donaga yetdi, deya xabar berdi Pekin statistika boshqarmasi.

Joriy yilning olti oyi ichida Pekindagi ekomobillar ishlab chiqaruvchilar umumiy daromadi 55,6 foizga ortgan.

Avvalroq 2015 yil iyul oyi yakuniga ko‘ra, Xitoy avtomobilsozlari tomonidan yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi 20400 dona avtomobil ishlab chiqarilgani xabar qilingan edi. Bu 2014 yilning iyul oyidagidan ko‘ra 3,5 marta ko‘p demakdir. Bunda faqatgina tijoriy maqsadlarda ishlab chiqarilgan ekomobillar hajmi 677 foizga ortib, yillik ko‘lami 8045taga yetgan.

2015 yilning yanvar-iyul oylarida esa mamlakat konveyerlaridan yangi energiya manbalarida ishlovchi 98900 dona ekomobil chiqqan. Bu avvalgi yillarga qaraganda 300 foiz ko‘p demakdir.

Top