20:50 / 19.08.2015
3741

Hindiston aeroporti to‘liq quyosh energiyasida ishlovchi dunyodagi birinchi aeroport bo‘ladi

Hindistonning Kerala shtatidagi Kochchi aeroporti dunyoda birinchi bo‘lib to‘liq quyosh energiyasida ishlashga o‘tadi, deb xabar bermoqda The Economic Times nashri.

Aeroportning 46150 ta quyosh panellari bilan jihozlangan quyosh elektr stansiyasi maksimal 12 MVt elektr energiya ishlab chiqara oladi.

Aeroport 2013 yilda yo‘lovchi terminalining tomiga 100 kVt panel o‘rnatish bilan quyosh energiyasiga o‘tishni boshlagan. Aeroportning yuk ombori hududida o‘rnatilgan yangi elektr stansiyaning ochilishi noekologik energiya manbalaridan batamom voz kechish imkonini berdi.

Top