13:49 / 19.08.2015
20065

Imtihon natijalari oliygohlardagi qabul komissiyalariga tarqatilmoqda

Imtihon natijalari ertaga e'lon qilinishi kutilmoqda. Bugun Davlat test markazi 1 avgust kuni O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun topshirilgan imtihon natijalarini oliygohlarning tegishli komissiyalariga yetkazadi.

Uchta universitetdagi manbalarimizning guvohlik berishicha, ayni paytda natijalar oliygohlarning qabul komissiyalariga taqdim etilmoqda, ular ertaga e'lon qilinishi va stendlarga osilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgust kuni imtihon topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballarini, talabalikka tavsiya etilganligi yoki etilmaganligini hamda o‘qish davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida ekanligini bilish uchun UCell va UzMobile mobil kompaniyalariga ulangan telefonlar orqali 5100 raqamiga javoblar varaqasi raqamini SMS-xabar shaklida jo‘natishi hamda natijalarni O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori chiqqandan keyin bilib olishi mumkin bo‘ladi.

5100 raqamiga jo‘natilgan barcha SMS-xabarlar bepul, 5101 raqamidan kelgan barcha SMS-xabarlar narxi 0.75 dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 18 avgust kuni 2015/16 yilgi o‘quv yili uchun Oliy ta'lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya qilingan abituriyentlarning o‘qish uchun to‘laydigan qiymatlari belgilangani, unga ko‘ra oliy ta'lim muassasalarida kontrakt narxlari 15 foizga oshgani haqida xabar qilingandi.

Top