"Barselona” himoyachisi Jyerar Pike “Atletik”ga qarshi Ispaniya Superkubogi uchrashuvida (1:1) yon qanot hakamini haqorat qilgani uchun kechirim so‘radi.
“Hakam yordamchisi bilan bu taxlit gaplashganim uchun uzr so‘rashni istardim. Bu noto‘g‘ri harakat bo‘ldi”, — deb yozdi Pike o‘z tvitterida.
“O‘yindagi keskinlik juda yuqori edi. Lekin har qanday sharoitda ham boshqa bir shaxsga nisbatan hech qanday haqoratni ishlatib bo‘lmaydi”, — dedi Pike.
Eslatib o‘tamiz, Pike mazkur qilmishi uchun 4 tadan 12 tagacha o‘yinga chetlatilishi mumkin.