10:41 / 19.08.2015
2194

Kirbi: Hozircha Kuba va AQSh orasida tijoriy reyslarni tiklash borasida qaror qabul qilinmadi

AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Jon Kirbi AQSh va Kuba orasida tijoriy reyslarni qaytadan yo‘lga qo‘yish borasida hali qaror qabul qilinmagani haqida ma'lum qildi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bu boradagi muzokaralar davom etmoqda.

"Hozircha hech qanday qaror qabul qilinmadi. Yaqin vaqt ichida natijaga erishilishiga umid qilamiz", deydi Kirbi.

Uning qayd etishicha, AQSh aviakompaniyalari Kubaga borish va Kubadan kelish huquqiga ega yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatishga shay holatda turibdi.

Top