11:54 / 19.08.2015
2014

«Manchester Yunayted» Myuller uchun taklif miqdorini 85 mln yevroga oshirdi

«Manchester Yunayted» jamoasi "Bavariya" hujumchisi Tomas Myullerni transfer qilish bo‘yicha harakatlarini davom ettirmoqda.

Inglizlar ushbu 25 yoshli futbolchi uchun taklif qilinayotgan mablag‘ miqdorini 85 mln yevrogacha ko‘tarishdi.

Bundan oldin jamoa Myuller uchun 70 mln yevro taklif qilgandi va "Bavariya" bu taklifga rozi bo‘lmagandi.

Biroz oldinroq, «Manchester Yunayted» Myuller uchun yiliga soliqlardan xoli 10 mln yevro to‘lashga tayyorligi ma'lum qilingandi.

Ma'lumot uchun, Myuller o‘tgan mavsumda "Bavariya" safida 32 o‘yinda maydonga tushib, 13ta gol urgan va 14ta golli pas uzatgan.
Yangi mavsumning ilk turida ham u "Gamburg" darvozasiga 2ta gol urishga ulgurdi.

Top