20:47 / 19.08.2015
5386

Misr gazetasi O‘zbekistonning aksilgiyohvandlik siyosati haqida yozdi

Misrning Sawt al-Umma gazetasida O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurash yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Unda, xususan, mamlakatda bu sohada 2014 yili ishlar yoritib berildi.

Gazetada ta'kidlanishicha, O‘zbekistonda giyohvandlik tahdidiga qarshi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borilmoqda. 2011-2015 yillarga mo‘ljallangan giyohvand moddalar iste'moli va savdosiga qarshi kompleks chora-tadbirlar doirasida mamlakatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moddiy-texnik bazasi va kadr salohiyati oshirilgani, giyohvandlikka qarshi kurash sohasida xalqaro hamkorlik rivojlantirib borilayotgani alohida qayd qilindi.

2014 yilda O‘zbekiston huquq-tartibot organlari tomonidan giyohvand moddalar bilan bog‘liq 6 698 jinoyat fosh qilingani, 2.298 tonna giyohvand modda musodara qilinganiga urg‘u berildi.

Top