14:33 / 19.08.2015
4052

Namanganda musiqali favvora barpo etildi

Namangan shahrining Konstitutsiya xiyobonida yangi barpo etilgan musiqali favvora foydalanishga topshirildi.

“Sfera dizayn qurilish” mas'uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari xorijdan keltirilgan ilg‘or texnologiyalar asosida barpo etgan musiqali favvoraning diametri 18 metr. Undan 20 metr balandlikka otilib turadigan suv musiqa ohanglari va rang-barang chiroqlar shu'lasiga uyg‘unlashib, kamalak misol betakror manzara hosil qiladi.

Namanganda bugungi kunda shaharsozlik andozalariga mos ravishda barpo etilgan 60 ga favvora ishlab turibdi.

Top