17:55 / 19.08.2015
4166

Nazarboyev: Qozog‘iston neft narxining 30-40 dollar bo‘lishiga ko‘nikishi lozim

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev iqtisodiy siyosat bo‘yicha Oq O‘rdada o‘tkazilgan yig‘ilishda neft narxlarining o‘zgaruvchanligiga to‘xtalib o‘tdi. U, butun jahon iqtisodiyotida tushish kuzatilayotgan bir paytda Qozog‘iston iqtisodiyotining o‘sishini ta'minlash zarurligi haqida gapirarkan, bu ishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator omillarni sanab o‘tdi.

“Birinchidan, neft va metallarga bo‘lgan past narxlar 5 yil davomida saqlanib turadi. Ikkinchidan, rivojlanayotgan mamlakatlarning investitsiya va kapitalga chiqishi qiyinlashadi. Uchinchidan, Qozog‘iston mahsulotlari bozori qisqarib bormoqda, bu Rossiya va Xitoy singari asosiy hamkorlarimiz tomonidan talabning kam bo‘layotganiga bog‘liq”, – dedi Qozog‘iston yetakchisi.

Shunga asosan, Nazarboyevning fikricha, Qozog‘iston iqtisodiyoti neftning bir barreli 30-40 dollar turishiga ko‘nikishi va uning strukturizatsiyasi shunga ko‘ra amalga oshirilishi lozim.

Top