12:05 / 19.08.2015
3708

OAVda imkoniyati cheklangan insonlarga muddati cheklanmagan pasportlar berilishi masalasi ko‘tarildi

“Ledi” gazetasi o‘quvchilaridan biri tahririyatga yo‘llagan maktubida imkoniyati cheklangan insonlar hamda aholining ma'lum guruhlari vakillari tugash muddati belgilanmagan fuqarolik pasportlari berilishi mumkin-mumkin emasligi haqida savol berdi.

“Muddati cheklanmagan pasportlar olish imkoni bormi? Axir keksa, xasta, yillab o‘rnidan qimirlamay yotadigan qancha odam bor? Shu toifa odamlarga imtiyoz yaratishning imkoni yo‘qmi?”, – deb so‘radi mushtariy.
Uning savoliga Firdavs Consult byurosi advokati F. Muxtorov javob berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi biometrik pasportlarini berish to‘g‘risidagi nizomda tugash muddati ko‘rsatilmagan pasport berilishi ko‘zda tutilmagan, – dedi mutaxassis. – Ammo ushbu nizomga shu holat bilan bog‘liq o‘zgartish kiritish haqida taklif berish maqsadga muvofiq bo‘ladi”.

Top