15:25 / 19.08.2015
3437

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida Mustaqillikning 24 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekistonning har bir go‘shasida Mustaqillikning 24 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham respublikaning turli hududlarida, xususan, mehnat jamoalarida eng ulug‘, eng aziz bayramga bag‘ishlangan madaniy-ma'rifiy tadbirlar dasturi o‘tkazilmoqda.

Xuddi shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasida bo‘lib o‘tdi. “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda turli tarmoqlarda mehnat qilayotgan insonlar, yoshlar va kasaba uyushma faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda Mustaqillik yillarida erishgan eng katta boyligimiz – xalqimizning tinch va osuda hayoti, jamiyatimizdagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik ekanligi alohida ta'kidlandi. Tadbir doirasida turli soha xodimlari, ayniqsa, yoshlarga mustaqillik degan bebaho ne'matning qadr-qimmatini teran idrok etish, kecha kim edigu, bugun kim bo‘lganimizni anglash, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohatlar, qisqa vaqt ichida qo‘lga kiritilgan ulkan yutuqlar ahamiyati yetkazildi.

Top