16:26 / 19.08.2015
2353

Qozog‘iston MAGATE bilan uran banki tuzish bo‘yicha shartnomani 27 avgustda imzolaydi

Ilgari Qozog‘iston Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan mamlakat hududida xalqaro kam boyitilgan uran bankini tashkil etishi borasida kelishuvga erishilgani ma'lum qilingan edi. Ushbu kelishuv asosidagi shartnoma 27 avgust kuni imzolanishi aytildi.

Shartnomaga ko‘ra, bank Qozog‘iston hududida 2017 yilda tashkil etiladi. Hujjatni imzolash marosimi Ostonada o‘tadi, unda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a'zolari bo‘lgan davlatlar – Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya, shuningdek loyiha donorlari bo‘lgan davlatlar – YeI, Norvegiya, BAA, Quvayt vakillari ishtirok etadi.

MAGATE nomidan kelishuvni tashkilot bosh direktori Yuko Amano, Qozog‘iston nomidan esa tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov imzolaydi.
Bank Ust-Kamenogorskdagi Ulbinsk metallurgiya zavodi hududida joylashadi.

Top