15:52 / 19.08.2015
3826

Qurilish ishlari vaqtidagi avariya holati tufayli Sarkor Telecom internet provayderi foydalanuvchilari internetsiz qolishdi

Bugun Toshkent vaqti bilan 7:46 dan 15:02 ga qadar Sarkor Telecom internet provayderining Toshkent shahridagi ba'zi hududlarida foydalanuvchilar internetsiz qoldi.

Kompaniya rasmiy saytining xabar berishicha, bunga Mirzo Ulug‘bek tumanidagi provayder simlari o‘tgan yo‘lda qurilish ishlari olib borilayotgani sabab bo‘lgan. Natijada ADSL tarmog‘idagi № 262, 265, 267 va 269 ATSlarda va Yalang‘och mavze, Qorasu 2 va 4 dahalari, Mavlono Riyoziy (Chizelnyy), Parkent va Temur Malik ko‘chalarida istiqomat qiluvchi Home Ethernet abonentlari internetsiz qolishgan.

Yuzaga kelgan avariya holatini Sarkor Telecom mutaxassislari bartaraf etishgan va hozirga kelib yana mazkur hududda internet tarmog‘i ishlamoqda.

Top