10:53 / 19.08.2015
4092

Rossiyalik fazogir ochiq fazoda selfi tushdi

Rossiyalik fazogir Gennadiy Padalka ochiq fazoga o‘ninchi marotaba chiqishi munosabati bilan selfi tushdi. Rasm Roskosmosning Twitter’dagi sahifasida joylashtirildi.
Padalka Xalqaro fazo stansiyasi ekipajining a'zosidir. U kosmik parvozlarning umumiy davomiyligi ko‘rsatkichi bo‘yicha jahon rekordi muallifidir.

Oxirgi marta Padalka 10 avgust kuni hamkasbi Mixail Korniyenko bilan birga ochiq fazoga chiqdi. Selfi aynan o‘sha kuni suratga olindi.
Fazogirlar ushbu chiqishlari davomida “Zvezda” xizmat ko‘rsatuvchi modulga yumshoq dastalar o‘rnatishdi, uning illyuminatorlari oynalarini tozalashdi, WAL1-WAL5 bortlararo radioliniya antennatalarini modulga o‘rnatishdi va Expose-R ilmiy apparaturasini suratga olishdi.

Top