09:04 / 19.08.2015
3242

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy O smartfonlar oilasini tayyorlamoqda

Samsung kompaniyasi yangi Galaxy O smartfonlar seriyasini chiqarishga tayyorlamoqda. Bu haqda SamMobile resursi ma'lum qildi.

Yangi seriyadan dastlab ikkita model – SM-G550 va SM-G600 smartfonlari o‘rin oladi. Bozorda ular Galaxy O5 va Galaxy O7 nomlari ostida paydo bo‘lishi kutilmoqda. Yangi qurilmalarning texnik ko‘rsatkichlari haqida ma'lumotlar hali uncha ko‘p emas. Galaxy O5 smartfoni 5 dyuymli sensor ekran, Galaxy O7 esa 5,5 dyuymli sensor ekran bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda.

Yangi smartfonlarda dasturiy platforma sifatida dastlab Android 5.1 (Lollipop) operatsion tizimi kompaniyaning TouchWiz foydalanuvchi interfeysi va qo‘shimcha dasturlar to‘plami bilan qo‘llanadi.

Smartfonlar Berlinda 4-9 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan IFA 2015 ko‘rgazmasida namoyish qilinishi mumkin. Yangi qurilmalarning sotuvga chiqarilishi va narxi haqida hozircha hech qanday ma'lumot berilmagan.

Top