11:06 / 19.08.2015
13455

Tayvanlik ofitsiant qiz internetda “Makdonalds ma'budasi” nomi bilan mashhur bo‘ldi

Tayvandagi “Makdonalds” restorani xodimasi o‘zining antiqa – “qo‘g‘irchoq” ko‘rinishidagi qiyofasi sababli mahalliy internet yulduziga aylandi.

Qizning ismi Vey Xan Syuy yoki qisqacha Veyvey bo‘lib, uning internetdagi mashhurligi mahalliy Rain Dog blogida fotosuratining chop etilishidan boshlandi. Surat muallifi uni “Lolita” deb atagan. Surat juda tez ommalashib ketib, Veyvey tez orada “Makdonalds ma'budasi” degan nom bilan atala boshladi. U yarim kun ishlaydigan restoran uning muxlislari bilan to‘lib-toshib ketdi. Tamaddixona boshqaruvchisi o‘z xodimasining bunday mashhurligidan uncha ham xursand emas, chunki uning muxlislari tamaddixonadagi peshxatxa yonida to‘planishib, uni suratga olib, u bilan suhbatlashishga oshiqmoqdalar va yana yetmaganidek ko‘pincha hech narsa xarid qilishmaydi.

Qiz bu yerda 5 yildan beri ishlaydi va restoron xodimalari vaqtinchalik kichkina pushti ko‘ylaklarga kiyinib olgan tadbirlardan birida ishtirok etgan.

Veyvey muxlislari uning instagramdagi akkauntini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Hozirda qizning akkauntiga 37 ming foydalanuvchi obuna bo‘lgan.

Top