07:06 / 19.08.2015
2861

Turkiya prezidenti bosh vazirning hukumatni shakllantirish huquqining o‘zidan olinishi haqidagi arizasini qabul qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 18 avgust kuni bosh vazir Ahmed Dovudo‘g‘luning koalitsion hukumatni shakllantirish huquqining o‘zidan olinishi haqidagi arizasini qabul qildi. Bu haqda turk prezidentining devonxonasi ma'lum qildi.   

Arizada Dovudo‘g‘lu “barcha sa'y-harakatlarga qaramasdan, ishonch yorlig‘ini olishi mumkin bo‘lgan hukumatni shakllantira olishga imkoniyat topa olmagani” aytilgan.

Dovudo‘g‘lu va Erdo‘g‘an 18 avgustda iyuldan beri partiyalar orasidagi muzokaralar hech qanday natijaga olib kelmagani va siyosiy kuchlar yangi vazirlar mahkamasi tarkibi  haqida kelisha olmaganlaridan keyin uchrashdi.

Bu orada Turkiya Markaziy saylov qo‘mitasi muddatdan avvalgi parlament saylovlari imkoniyatini nazarda tutib, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun konstitutsiya tomonidan belgilangan 3 oylik muddat qisqartirilishi haqidagi muhim qarorni qabul qildi. Deputatlik saylovlari 22 noyabrgacha bo‘lib o‘tishi kerak. 

Top