09:40 / 19.08.2015
2538

Xitoy Bangkokdagi portlashlarni zudlik bilan o‘rganib chiqishni talab qilmoqda

Xitoy hukumati Bangkok markazida sodir bo‘lgan, 20 kishini, shu jumladan, 6 nafar Xitoy fuqarosini hayotdan olib ketgan portlashlar yuzasidan zudlik bilan surishtiruv ishlarini boshlash kerakligini ta'kidladi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Portlashlarda jarohatlangan 120 kishining 20 nafari ham xitoylikdir.
Xitoy TIV vakili Xua Chuninning so‘zlariga qaraganda, XXRning Tailanddagi elchixonasi terakt yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borishda mahalliy rahbariyat bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor.
“Fojia qurbonlari va ularning oilalariga ta'ziyamizni izhor qilamiz”, – dedi Chunin.

Top