17:12 / 19.08.2015
4206

Xorazmda yosh biznesmenlar uchun “ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

O‘zbekiston mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Xorazm viloyatida yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aksiya o‘tkazdi.

17-18 avgust kunlari viloyatning Qo‘shko‘pir tumanida “O‘z biznesingni boshlash uchun ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi. Tadbir davomida kollej bitiruvchilar o‘z biznes-loyihalarini taqdim etib, tijoriy banklardan imtiyozli asosda kredit olish imkoniga ega bo‘lishdi. Aktsiyada 1350dan ortiq bitiruvchi ishtirok etdi.

Ikki kun davomida ulardan 170 nafari kredit olish uchun murojaat qilishdi. 70 nafar tijoratchi kredit olish uchun murojaatnoma kiritdi. 17 nafar bitiruvchiga esa imtiyozli kredit olish uchun sertifikatlar berildi.

Har bir bitiruvchi o‘rtacha 2.4 yangi ish o‘rni yaratishi inobatga olinsa, 170 tijoratchi 400 odamni ish bilan ta'minlashi mumkin.

Top