16:38 / 20.08.2015
4341

Afg‘onistonda Mustaqillik kuni nishonlandi

19 avgust kuni Afg‘onistonda Mustaqillikning 96 yilligi nishonlandi.
1919 yilning 19 avgust kuni qirol Omonullaxon Afg‘onistonning Buyuk Britaniyadan mustaqilligini e'lon qildi. Shundan buyon har yilning 19 avgust kuni milliy mustaqillik kuni nishonlanib kelinadi.

Asosiy tantanalar Kobuldagi stadionda bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, mamlakatning barcha nuqtalarida bayram tadbirlari tashkil etildi.
Mustaqillikning 96 yilligi munosabati bilan prezident Ashraf G‘ani Ahmadzay mudofaa vazirligidagi rasmiy marosimda ishtirok etib, “Ozodlik” yodgorlik majmuasi oyiga gulchambar qo‘ydi.

Marosimda bosh vazir Abdulla Abdulla va mudofaa vaziri Ma'sum Stanekzay ishtirok etishdi.
Afg‘onistonning turli shaharlarida ochiq havoda konsert dasturlari tashkil etildi.

Top