12:47 / 20.08.2015
2283

Bangkokdagi portlashni eng kamida 10 kishi tashkillashtirgan: ularning 5 nafari xorijlik

Tailand politsiyasi rahbarining ma'lum qilishicha, Bangkokdagi portlashga aloqadorlikda eng kamida 10 kishi gumon qilinmoqda. Ularning yarmidan ziyodi chet el fuqarolaridir, deya xabar berdi Reuters.

“Bu katta tarmoq. Tayyorgarlik ishlarida ko‘p miqdordagi odamlar qatnashgan, – dedi politsiya rahbari jurnalistlarga. – Ular tarkibiga ko‘chadagi vaziyatni kuzatib turgan haydovchilar, portlovchi qurilmalarni tayyorlaganlar, hodisa joyida bo‘lganlar va u yerdan qanday qochib qolishni biladiganlar kirgan.”

Eslatib o‘tamiz, Tailand poytaxti markazidagi kuchli portlash natijasida 20 kishi, ular orasida xorijliklar ham bor, halok bo‘lgan, 110 kishi jarohatlangan edi. Jabr ko‘rgan sayyohlarning aksari xitoyliklardir. Portlash terrorchilik harakati sifatida qayd etildi.

Top