09:37 / 20.08.2015
3486

Jahon banki O‘zbekistonga 400 ming dollarlik grant mablag‘i ajratdi

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Jahon banki O‘zbekistonga 400 ming dollarlik grant mablag‘i ajratishi to‘g‘risida ma'lum qilindi.

Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayevning ta'kidlashicha, ayni paytda kelishuv bandlari ishlab chiqilmoqda.

Ajratilayotgan mablag‘lar ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestri tizimini zamonaviylashtirishga yo‘naltiriladi.

Kelgusida “Elektron hukumat”ning bir qismiga aylanuvchi ko‘chmas mulk obektlariing Yagona bazasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Top