09:11 / 20.08.2015
3721

«Marslik» filmining yangi treyleri chiqarildi

20th Century Fox kinostudiyasi rejissyor Ridli Skottning ilmiy-fantastik yo‘nalishdagi «Marslik» filmining yangi treylerini namoyish qildi.

Film syujyetiga ko‘ra, Mett Deymon ijro etgan qahramon Marsda yolg‘iz qolib ketadi va yashash uchun kurashadi.

"Men Marsdagi eng yaxshi botanikman", deydi u film sahnalaridan birida.
Yerda NASA uning taqdirini hal qilib bo‘lgan, jamoatchilik esa unga yordam ko‘rsatilishini talab qilishadi.

Endi Uir romani asosida suratga olingan ushbu kartinada Keyt Mara, Jyeff Deniels, Jyessika Chesteyn va Kristen Viig kabi aktyorlar rol ijro etishgan.

«Marslik» filmining asosiy taqdimoti shu yilning sentabr oyida Torontodagi Xalqaro kinofestivalda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu kartina dunyo kinoekranlariga 2 oktabrdan boshlab chiqariladi.

Top