16:47 / 20.08.2015
2267

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Eronda o‘z vakolatxonasini ochishi mumkin

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Eronda o‘z vakolatxonasini ochishi mumkin. Bu haqda kompaniya rahbari Vladislav Tyan Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida gapirib o‘tgan.

«Erondan barcha sanksiyalar olib tashlanganidan keyin biz u yerda o‘z vakolatxonamizni ochishni rejalashtirmoqdamiz», deya aniqlik kiritib o‘tgan Tyan.

Eslatib o‘tamiz, Eron joriy yilning 14 iyul kuni dunyoning kuchli «oltitalik» davlatlari bilan o‘zining yadroviy qurol dasturi bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishgan.

Kelishuv barcha tomon uchun manfaatdor bo‘lib Eronga nisbatan BMT, AQSh va Yevropa Itifoqining barcha sanksiyalari bekor qilinishi belgilab qo‘yilgandi.

Top