12:16 / 20.08.2015
4654

Qozog‘iston tengeni zaxiralar bilan qutqarmoqchi emas

Qozog‘iston hukumati milliy valyutani zaxiralar, jumladan, Qozog‘iston Milliy fondidagi valyuta intervensiyalari yordamida qutqarmoqchi emas. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Karim Masimov ma'lum qilgan, deb yozadi RIA Novosti.

“Milliy fond to‘g‘risida gap ketsa, biz bundan og‘ir kunlar oldinda bo‘lishi mumkin, deb hisoblaymiz. Shuning uchun Milliy jamg‘armadagi qo‘shimcha resurslarni ishga solmaymiz. Milliy fond bizga hali kerak bo‘ladi”, – dedi bosh vazir.

Uning qayd etishicha, hukumat Milliy fonddan olinayotgan 11 mlrd dollar ekvivalentidagi mablag‘larni cheklashni ko‘rib chiqmoqda.

Top