14:05 / 20.08.2015
3492

Rotenberglar oilasi Forbes reytingidagi yetakchilikni qo‘ldan boy berdi

Rotenberglar oilasi Forbes jurnalida e'lon qilinadigan eng boy oilalar reytingida yetakchi mavqedan mahrum bo‘ldi.

Ushbu oilaning uch vakili Forbes ro‘yxatiga kiradi – Arkadiy Rotenberg (60-o‘rin), uning o‘g‘li Igor (166-o‘rin) va ukasi Boris (99-o‘rin).
Sanktsiyalar ta'sirida Rotenberglar umumiy hisobda 2.6 mlrd dollar yo‘qotdi, endi oilaning boyligi 2.95 mlrd dollarga baholanmoqda. O‘tgan yili ularning umumiy mablag‘i 5.55 mlrd dollarga teng edi.

Rossiya biznes oilalari reytingida birinchi o‘rinni BIN guruhi egalari qo‘lga kiritdi. Bular – Mixail Gutseriyev (38-o‘rin) va uning ukalari Sait-Salama (142-o‘rin) va Hamzat (139-o‘rin), shuningdek, jiyani Mikail Shishxanov (139-o‘rin). O‘tgan yili ularning boyligi 1 mlrd dollarga qisqarib, 3.85 mlrd dollarni tashkil qildi.

Top