14:50 / 20.08.2015
2235

Tramp bilan uchrashuvga Jyeb Bushnikiga qaraganda 17 barobar ko‘proq saylovchi keldi

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Jyeb Bush chorshanba, 19 avgust kuni Nyu-Gempshir shtatida parallel ravishda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazishdi, deb yozadi The New York Times.

Nashrning qayd etishicha, Respublikachilar partiyasidan ilgari surilgan boshqa nomzodlar o‘rtasida birinchi va ikkinchi o‘rinni egallab turgan raqiblarning mazkur uchrashuvlari o‘rtadagi tafovutni yaqqol ko‘rsatib berdi.

Derri shahrida milliarder Donald Tramp bilan uchrashuvga 2,5 ming atrofida saylovchi tashrif buyurdi. Xuddi shu paytda Merrimakda Jyeb Bushni 150 kishi qo‘llab turdi.
“Bilasizmi hozir Bush oldiga kelganlar nima qilishyapti? Ularning barchasi uxlashmoqda”, – deya izoh berdi Tramp. Bush esa Trampni “kam quvvatli odam” deb atab, ishni oxirigacha olib borishga kuchi yetmasligiga ishora qilgan.

Bundan avvalroq respublikachi Tramp prezidentlik poygasida Hillari Klintondan o‘zib ketayotgani xabar qilingan edi. Iyul oyida Tramp Respublikachilar partiyadan ilgari surilgan barcha nomzodlardan o‘zib ketgan edi. Ayni paytda u asosiy raqibasi — demokrat-nomzod Hillari Klintondan 6 ballga ortda qolmoqda. Bir oy muqaddam esa Klinton 16 ballga o‘zib ketgan edi.

Top