08:34 / 20.08.2015
2846

VAIO brendi xalqaro bozorga qaytmoqda

Sony kompaniyasining kompyuter biznesi negizida shakllantirilgan VAIO Corporation kompaniyasi VAIO brendini xalqaro bozorga qaytarmoqchi. Bu haqda korporatsiya rahbariyatidan olingan ma'lumotlarga iqtibos keltirgan holda Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.

Sony korporatsiyasi VAIO kompyuterlari ishlab chiqarish bo‘yicha biznesini o‘tgan yili Japan Industrial Partners investitsion jamg‘armasi sotib yuborgan.. Jamg‘arma sotib olingan aktiv negizida yangi VAIO kompaniyasini shakllantirdi. Kompaniya xalqaro kompyuter savdolarini to‘xtatib, barcha e'tiborini yapon bozoriga qaratdi.

Biroq hozir xabar berilishicha, VAIO o‘z biznesini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Joriy yilning oktabrida kompaniya AQShda portativ kompyuterlar sotishni boshlaydi. Kompyuterlar Microsoft chakana savdo do‘konlari orqali sotiladi.

VAIO’ning xalqaro bozordagi birinchi qurilmasi Z Canvas modeli bo‘ladi. Bu gadjyet o‘zidan transformatsiyalanuvchi planshetni namoyon qilib, uni noutbuk sifatida ham ishlatish mumkin. Qurilma 4 yadroli Intel Core i7 protsessori, ko‘rsatish qobiliyati 2560 × 1704 piksel va rang fazosini 95 foiz qamrab oluvchi 12,1 dyuymli displey bilan jihozlangan. Qurilma 16 Gbaytgacha tezkor xotira bilan jihozlanishi mumkin. Doimiy xotira 1 Tbaytni tashkil qiladi. Gadjyet ajraluvchi klaviatura bilan butlanadi.

Top