01:07 / 21.08.2015
3262

“Krasnodar” Yevropa Ligasi pley-off bosqichining 1-uchrashuvida “XIK”ni yirik hisobda mag‘lub qildi

Yevropa Ligasi pley-off bosqichining 1-uchrashuvida “Kransdor” o‘z maydonida Finlyandiyaning “XIK” klubini yirik 5:1 hisobida yengdi.    

“Buqalar” uchrashuvni faol boshlab, 9-daqiqadayoq raqibidan 2 to‘p ustunligiga erishdilar: avval mehmonlar  futbolchisi Yuxani Oyyala o‘z darvozasiga avtogol urdi, keyin esa Pavel Mamayev 11 metrlik jarima to‘pini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

16-daqiqada fin jamoasi hisobiga 11 metrlik jarima tayinlandi. Biroq Erfan Zeneli tepgan to‘p darvozaga kirmadi. 2 daqiqa o‘tib finlar Osman Jallouning to‘pi hisobiga baribir to‘p urishga muvaffaq bo‘lishdi.

57-daqida mezbonlar o‘yinchisi Fyodor Smolov 11 metrlik jarima to‘pini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Yana 4 daqiqadan keyin Vanderson hisobni 4:1 ga yetkazdi. 64-daqiqada Yuriy Gazinskiy uchrashuv hisobiga yakuniy nuqta yasadi. “Kransodar”  o‘z maydonidagi eng yirik g‘alabasiga erishdi va Xelsinkiga javob uchrashuviga anchagina ustunlik bilan jo‘nab ketadi.

Yevropa Ligasi. Ppley-off bosqichi . 1-uchrashuv

Krasnodar (Krasnodar, Rossiya) – XIK (Xelsinki, Finlyandiya) – 5:1

Gollar: Oyyala, 8 (1:0, avtogol); Mamayev, 9 (2:0, pen); Jallou, 18 (2:1); Smolov, 57 (3:1, pen); Vanderson, 61 (4:1); Gazinskiy, 63 (5:1).

Ogohlantirishlar: Bystrov, 43; Smolov, 56 – Peyponen, 55; Moussi, 55; Djallou, 55; Shuller, 67.

Top