09:15 / 21.08.2015
7660

Baturina Medvedevning rafiqasi bilan kelishmovchilikka borgani haqida gapirib berdi

Moskvaning sobiq hokimining rafiqasi Yelena Baturina Forbes Woman jurnaliga Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning rafiqasi Svetlana bilan kelishmovchilikka borgani haqida gapirib berdi. Aytishicha, u Medvedevaga Moskvada o‘zi tomonidan bino etilgan gimnaziyani berib yuborishga majbur bo‘lgan.

“Medvedevlarning o‘g‘li gimnaziyamda o‘qir edi. Men uni o‘z pulimga qurgan edim. Hayratlanarli, bir payt gimnaziya Svetlana Medvedevaning qaramog‘iga o‘tib qoldi. Bu payti Lujkov Medvedev bilan kurashayotgan edi. Men gimnaziyani berib yuborishga majbur bo‘ldim”, – dedi sobiq hokim Sergey Lujkovning rafiqasi.

Baturinaning aytishicha, o‘z farzandlari gimnaziyani bu paytda bitirib bo‘lgan va universitetga kirib bo‘lgan edi, shu bois gimnaziya uchun ko‘p kurashib o‘tirmagan.

Top