21:30 / 21.08.2015
9813

Bloomberg devalvatsiya arafasida turgan valyutalar reytingini tuzdi

Rossiya rublining dollar va yevroga nisbatan qadrsizlanishi Sobiq Ittifoq davlatlari valyutasining devalvatsiyasiga olib keladi. Bunga ushbu davlatlarning Rossiya bilan yaqin savdo-iqtisodiy aloqalari sabab bo‘lmoqda, deb ma'lum qilmoqda Bloomberg agentligi.

Agentlik ekspertlarining fikricha, Qozog‘iston tengesidan keyin arman drami ham qadrsizlanishi mumkin. 2014 yilda rubl 46 foizga qadrsizlangan bir paytda Armaniston milliy valyutasi 15 foizga arzonlashgan edi.

O‘z navbatida, tengening qadrsizlanishi Tojikiston va Turkmaniston milliy valyutalarining qadrsizlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Xususan, tojik somonisi 10-20 foizga arzonlashishi mumkin. Agentlik, shuningdek, qirg‘iz somining ham qadrsizlanishini bashorat qilmoqda.

Saudiya Arabistoni riali va Nigeriya nayrasi ham 20 foiz atrofida devalvatsiya bo‘lishi mumkin. Agentlik bunga neft narxining pasayishi sabab bo‘lishini aytib o‘tgan.

Top