18:09 / 21.08.2015
6076

Mitropolit Vikentiy: Diniy bag‘rikenglik O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlik omilidir

O‘zbekistonda hukm surayotgan diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik mamlakatda tinchlik va barqarorlikning asosiy omillaridandir. Buni Toshkent va butun O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy o‘zining Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabriknomasida ta'kidladi.

“Mustaqillik barcha insonlarni rahm-shafqatli, samimiy, faol bo‘lishga, mas'uliyatni his qilishga, O‘zbekistonning asl vatanparvarlari bo‘lishga chaqiradi. Axir hech kimga sir emas, davlatning gullab-yashnashiga har bir fuqaroning ishtiroki orqali erishiladi”, – ta'kidladi mitropolit.

Shuningdek, u mustaqil O‘zbekistonda ma'naviy tarbiyaga alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi: “Mustaqil O‘zbekistonda ma'naviy tarbiya masalasiga katta e'tibor qaratib kelinmoqda. Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik, shubhasiz, O‘zbekiston Respublikasidagi tinchlik va barqarorlik omili bo‘lib xizmat qilmoqda”.

Shuningdek, u jamiyatda dinning o‘rni o‘sib borayotganini, turli dinlarga birday e'tibor qaratilayotgani ularning ma'naviy tarbiya ishida faol ishtirok etishiga yo‘l choib berayotganini qayd qilib o‘tdi.

Top