18:11 / 21.08.2015
4038

Namanganda yangi favvora qurildi

Mustaqillik bayrami arafasida Namangan shahridagi Konstitutsiya xiyobonida yangi favvora qurildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, ushbu obekt “Sfera dizayn qurilish” MChJ tomonidan qurilgan bo‘lib, jarayonda Turkiya, Xitoy va Janubiy Koreyadan keltirilgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan. Favvora suvni 18 m balandlikka chiqaradi.

Shahar obodonlashtirish boshqarmasi ushbu obekt qurilishiga 450 mln so‘m sarfladi. Favvoraning ochilish marosimida viloyat hokimi, Senat a'zosi Bahodir Yusupov, shuningdek, uning o‘rinbosarlari Habibullo Matkarimov, Manzuraxon Azizova va shahar hokimi Bahodir Bekxo‘jayevlar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimi doirasida ishtirokchilar uchun bayramona konsert dasturi uyushtirildi. Unda xalq tanigan xonandalar o‘z chiqishlari bilan qatnashishdi.

Top