20:53 / 21.08.2015
2977

Oliy Liganing 19-tur uchrashuvida "Paxtakor" "Qizilqum"ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

21 avgust kuni Oliy Liganing 19 turi doirasidagi 2 uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dastlab, Samarqandda "Dinamo" G‘uzorning "Sho‘rtan" jamoasini qabul qildi va 3:3 hisobidagi durang natijani qayd etdi.

«Dinamo» (Samarqand) – «Sho‘rtan» (G‘uzor) 3:3
Gollar: Kamoliddin Murzoyev (48), Artyom Filiposyan (70), Ilhom Yunusov (78) - Igor Taran (33), Zafar Polvonov (73), Mirzakamol Kamolov (81).
"Dinamo": 27. Andrey Melnichuk, 5. Ildar Mamatkazin, 7. Otabek Zokirov (13. Hasan Asqarov, 57), 20. Farruh Shotursunov, 30. Feruz Boboqulov, 55. Avaz Agaliyev, 60. Dilshod Sharofetdinov, 61. Artyom Filiposyan, 67. Ilhom Yunusov (c), 95. Firdavs Abdusalimov, 97. Kamoliddin Murzoyev.
"Sho‘rtan": 1. Eldor Tojiboyev, 5. Asror Aliqulov, 9. Igor Taran, 18. Eldor Boymatov, 19. Suhrob Berdiyev, 21. G‘ulom Haydar G‘ulomov, 22. Laziz Ubaydullayev, 28. Murod Rajabov (11. Zafar Polvonov, 60), 34. Sunnatilla Mamadaliyev, 35. Sarvar Jo‘rayev, 55. Botir Qorayev.
Ogohlantirishlar: Ilhom Yunusov (28) - Asror Aliqulov (63), Sunnatilla Mamadaliyev (85).

"Paxtakor" va "Qizilqum" klublari o‘rtasida kechgan uchrashuvda esa "sherlar" raqibini yirik hisobda yengishga muvaffaq bo‘lishdi.

Birinchi bo‘limda "Paxtakor" futbolchilari faqat bitta gol urishgandi. O‘ttizinchi daqiqada Stanislav Andreyev urgan gol bo‘limda yagonaligini saqlab qoldi. Ammo "Qizilqum"ning qarshiligi 72 daqiqaga qadar davom etdi xolos. Sherzod Karimov 72 va 75 daqiqalarda raqib darvozasiga to‘p kiritib yirik hisobdagi g‘alabani ta'minladi.

Shu tariqa "Paxtakor" musobaqa jadvalidagi yetakchilikni saqlab turibdi.

«Paxtakor» (Toshkent) – «Qizilqum» (Navoiy) - 3:0
Gollar: Stanislav Andreyev 30, Sherzod Karimov 72, Sherzod Karimov 75
"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Krimets, Tojiyev, Hoshimov, Ismatullayev, Maxaradze (s), Andreyev, Masharipov, Kozak, Sergeyev
"Qizilqum": Jabborov, Rustamov (s), Derkach, Kvesiyeshvili, Qurbonov, Usmonov, Abdurahmonov, Jumayev, Jo‘rayev, Iskandarov, Xoliqov.
Ogohlantirish: Iskandarov (32).

Top