14:41 / 21.08.2015
4218

O‘zbekistonda soliq to‘lashdan birinchi marta bo‘yin tovlaganlar javobgarlikdan ozod qilinadi

O‘zbekistonda kuchga kirgan yangi qonunchilik me'yoriga ko‘ra, soliq to‘lashdan birinchi marta bo‘yin tovlagan shaxs 30 kun ichida davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni qoplab bergan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinadi yoki javobgarlikka tortilmaydi.

Bu boradagi qonun loyihasi 31 iyul kuni parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilindi, 6 avgust kuni yuqori palata tomonidan ma'qullandi, 20 avgustda davlat rahbari tomonidan imzolanib, 21 avgust kuni markaziy OAVda chop etildi va shu bilan kuchga kirdi.

Qonun bilan Jinoiy kodeksga o‘zgartishlar kiritildi. Xususan, tadbirkorlik sub'yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlariga qarshi barcha jinoyatlarni birlashtiruvchi alohida bob kiritildi. Bunday jinoyatlar sirasida xususiy mulk huquqini buzish bilan bir qatorda tekshiruv va reviziyalar o‘tkazish tartibini buzish, faoliyatni noqonuniy to‘xtatish, tadbirkorlarni mablag‘ sarf qilish talab qilinadigan tadbirlarga majburiy jalb qilish, noqonuniy rad javobi, imtiyozlardan foydalanishga to‘sqinlik qilish va boshqalar bor.

Top