22:32 / 21.08.2015
7370

Poroshenko: Biz Rossiya bilan qardosh xalqlar emasmiz

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ruslar va ukrainlar bir xalq emasligi haqida qat'iy bayonot berdi. Ukraina prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ikki davlatning yaqinligi haqidagi aytgan gaplariga shunday izoh berdi. 

“Urush paytida bizda hech qanday qardosh xalqlar yo‘q. Yevropaga intilayotgan yagona ukrain xalqi va chuqur inqirozda bo‘lgan rus xalqi bor”, deb aytdi Poroshenko Ukraina jamoat arboblari bilan uchrashuv paytida.

Poroshenkoning aytishicha, Ukraina Rossiyadan kuchli mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish borligi bilan ajralib turadi.

“O‘z-o‘zini boshqarish bizni Rossiyadan ajratib turuvchi tsivilizatsion farqlarimizdan biri bo‘lgan va bo‘ladi hamda bizni Yevropaga yaqinlashtiradi,”, deb ta'kidlab o‘tdi Poroshenko.

17 avgustda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimga tashrifi chog‘ida Ukraina tashqi boshqaruv ostidaligini va bu holat Ukraina xalqi uchun kamsituvchi holat ekanini aytgan edi.

Shu bilan birga Putin rus va ukrainlarni bitta xalq ekani va “Ukraina kelgusida o‘z kelajagini Rossiya bilan birga qurishiga” umid bildirishini aytgan. Bundan tashqari, Putin Rossiya hududida 3 mln ga yaqin ukrainalik  yashashi, ulardan ko‘pchiligini harbiy xizmatga chaqiruv yoshidagilar tashkil etishini aytgan.

Top