19:35 / 21.08.2015
3162

Qozog‘istonlik Qirg‘izistonda qalbaki dollarlarni o‘tkazmoqchi bo‘lganda qo‘lga tushdi

Qozog‘iston fuqarosi O‘sh shahrida 100 dollarlik qalbaki pullarni o‘tkazmoqchi bo‘lganda qo‘lga tushdi, deb xabar bermoqda KirTAG agentligi.

“O‘shda 20 avgustda Olma-ota viloyatida yashovchi 32 yoshli qozog‘istonlik fuqaro ushlandi. 19 avgust kuni u savdo nuqtalarida qalbaki 100 dollarlik pullarga mahsulot sotib olgan. Qo‘lga olingan qalbaki pullarni saqlash va aylantirishda gumon qilinmoqda. Gumon qilinuvchi qo‘lga olinganda uning yonidan 500 dollar qalbaki pullar topilgan”, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining O‘sh shahri va O‘sh viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmati.

Ayni paytda gumon qilinuvchi vaqtinchalik saqlash izolyatorida ushlab turilibdi. Ushbu holat yuzasidan Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining qalbaki pullar yoki qimmatbaho qog‘ozlarni tayyorlash, saqlash va o‘tkazish moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top