14:50 / 21.08.2015
3770

Air France samolyoti Sheremetevo aeroportiga favqulodda qo‘nishiga sababchi bo‘lgan yo‘lovchi vafot etdi

Rossiyaning Sheremetevo aeroportiga Tokio — Parij reysi bo‘yicha qatnayotgan samolyot bortidagi Fransiya fuqarosi o‘zini yomon his qilgani sababli favqulodda qo‘ndirildi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Qayd etilishicha, Air France kompaniyasiga tegishli Boeing 777 samolyoti komandiri yo‘lovchi ayol o‘zini yomon his eta boshlaganidan so‘ng Sheremetevo aeroportiga qo‘nish uchun ruxsat so‘rab murojaat qilgan.

“Tokiodan Parijga parvoz chog‘ida 33 yoshli fransuz ayol o‘zini yomon his eta boshladi. Ekipaj reysni bekor qilib, Sheremetevo aeroportiga majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Biroq yo‘lovchi ayol hayotini qutqarishning imkoni bo‘lmadi, u vafot etdi”, — dedi axborot manbasi. Ma'lum bo‘lishicha, shifokorlar samolyot bortiga ko‘tarilganda ayol vafot etib ulgurgandi.

Ayol Moskvada qolishga qaror qilgan o‘z ota-onasi bilan parvoz qilayotgan bo‘lgan.

Top