06:09 / 21.08.2015
9849

Toshkent yashash uchun eng maqbul shaharlar reytingiga kiritildi

Toshkent shahri yashash uchun eng maqbul shaharlar reytingiga kiritildi. Dunyoning 140 ta shaharidan tashkil topgan ushbu reytingni Economist Intelligence Unit tadqiqot kompaniyasi tuzdi.

U yoki bu shaharda hayot uchun qulayliklarni aniqlash uchun quyidagi omillar bo‘yicha baho berildi: sog‘liqni saqlash tizimi, barqarorlik, ekologiya, madaniyat, ta'lim tizimi va infratuzilma.

O‘zbekiston poytaxti 54,6 ball yiqqan holda ushbu reytingda 116-o‘ringa loyiq deb topildi. Xususan, Toshkent barqarorlik bo‘yicha 50 ball, sog‘liqni saqlash tizimi – 58,3 ball, ekologiya va madaniyat – 53 ball, ta'lim tizimi – 75 ball va  infratuzilma bo‘yicha 48,2 ball to‘pladi.

Melburn (Avstraliya), Vena (Avstriya poytaxti) va Vankuver (Kanada) dunyoda yashash uchun eng maqbul shaharlar deb topildi. Tripoli (Liviya poytaxti), Lagos (Nigeriya), Morsbi (Papua-Yangi Gvineya poytaxti), Dakka (Bangladesh poytaxti) va Damashq (Suriya poytaxti) esa, aksincha, yashash uchun eng nomaqbul shaharlar deb topildi.

Top