14:44 / 21.08.2015
4557

Turkish Airlines samolyotida tug‘ilgan odam shu kompaniyaga bort kuzatuvchisi bo‘lib ishga kirdi

Turkish Airlines samolyotida tug‘ilgan Erkan Geldi shu kompaniyaga bort kuzatuvchisi bo‘lib ishga kirdi. Bu haqda The Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Geldi 1990 yili Izmir-Frankfurt reysida tug‘ilib, o‘sha kuni laynerni boshqarib ketayotgan uchuvchi sharafiga Erkan deb atalgan edi.

“Otam Germaniyada ishlar edi, biz uning oldiga yiliga ikki marta borardik, – dedi yangi bort kuzatuvchisi. – Har safar samolyotni ko‘rganimda shu yerda ishlash haqida o‘ylar edim”.
Ingliz tili o‘qituvchi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qigan Erkan aviakompaniyaga hujjat topshirdi.

“Suhbat chog‘ida nega bu ishni tanlaganimni so‘rashdi. Aslida bu ish meni tanlaganini aytdim”, – dedi Erkan.

Top